Apple 9 dyuymli displeyga ega HomeView Maxʼni tayyorlamoqda
U 2027 yoki 2028-yilda taqdim etilishi kerak
19-oktabr, 19:19По-русски

Первоисточник — Apple
Mark Gurman maʼlumotlariga koʻra, Apple aqlli uyni boshqarish markazi — HomeViewʼning yangi versiyasi ustida ishlamoqda. Qurilma 9 dyuymli displey va ekranni 360 darajaga burishga qodir robotlashtirilgan yuritma bilan jihozlanadi.
Jurnalist uchta ehtimoliy nomni sanadi: HomeView Max, HomeView Ultra hamda HomeView 360. Kompaniya qaysi nomni tanlashi hozircha nomaʼlum.
Avvalgi HomeView modeli 7 dyuymli Liquid Retina ekrani va alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan korpusga ega boʻlgan. Bu modelda displeyni aylantirish mexanizmi yoʻq.





