Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

CMF sut paketlari shaklidagi kolonkalarni chiqardi

Yangi portativ Bluetooth-kolonka seriyasi almashtiriladigan panellar va moslashtirish uchun 3D-printerda tayyorlanadigan tutqichlarni qoʻllab-quvvatlaydi

13-oktabr, 19:12По-русски

Nothing kompaniyasi tomonidan yaratilgan CMF brendi portativ Bluetooth-kolonkalarining ilk turkumini taqdim etdi. Speaker seriyasiga ikkita model kiradi: narxi 59 dollar boʻlgan Speaker S va 109 dollarlik Speaker M.

Har ikki kolonkani toʻrt xil rangda — oq, toʻq kulrang, toʻq sariq va feruza rangida — olish mumkin. Dizayn sut qadoqlarini eslatadi, biroq kompaniya buni toʻgʻridan-toʻgʻri ishora deb atamaydi.

Kichikroq model 45 millimetrli dinamik va bas tovushini kuchaytiruvchi ikkita passiv radiator bilan jihozlangan. Kattaroq versiyada tovushni yaxshiroq ajratish uchun 10 vattli tvitter va 25 vattli vufer oʻrnatilgan. Har ikkisi akkumulyator quvvati bilan 18 soatgacha ishlaydi va IP68 standarti boʻyicha suv hamda changdan himoyalangan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Nothing X ilovasida tovush profilini sozlash mumkin. Old panel va koʻp funksiyali boshqaruv tutqichi olinadi — ularni boshqa rangdagilariga almashtirish yoki 3D-printerda tayyorlash mumkin. CMF modifikatsiya uchun rasmiy fayllarni eʼlon qiladi.

Kolonkalar NFC, Google Fast Pair va Microsoft Swift Pair orqali tez ulanishni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, USB-C orqali simli ulanish ham mavjud. Bir xil ikkita kolonkani stereo juftlikka birlashtirish, Auracast yordamida esa birgalikda tinglash uchun bir nechta qurilmani sinxronlashtirish mumkin.

Yana oʻqing