Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

HMD bu yil yangi smartfonlar chiqarmaydi

Bu haqda insayder X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi

15-oktabr, 15:06По-русски

Nokia va HMD brendlari ostida smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniya xalqaro bozor uchun qurilmalar ishlab chiqarishni kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmogʻida yozildi.

HMD mintaqaviy bozorlar, shuningdek, korporativ va sanoat segmentlariga eʼtibor qaratadi. Joriy yilda kompaniyadan yangi global taqdimotlar kutilmayapti.

Insayder xaridorlarga keyingi avlodni kutib, allaqachon taqdim etilgan modellarni sotib olishni kechiktirmaslikni maslahat bermoqda. HMD hozircha bu borada rasmiy bayonot bergani yoʻq.

Avvalroq ayni manba kompaniya qurilmalari, jumladan, HMD Icon Flip 1 tugmali telefoni chiqishini aniq bashorat qilgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing