Insayder Samsung Galaxy S27 xususiyatlarini oshkor qildi
Qator 2027-yil yanvar oyi oxiri yoki fevralda taqdim etilishi kutilmoqda
26-oktabr, 11:25По-русски

Первоисточник — Samsung
Insayder Debayan Roy (Gadgetsdata) Samsung Galaxy S27 smartfonini Exynos 2700 chipi bilan bogʻlamoqda. Uning maʼlumotlariga koʻra, asosiy kamera optik formati 1/1,56 dyuym boʻlgan 50 megapikselli sensor, 12 megapikselli ultra keng burchakli modul va uch karra optik zumga ega 10 megapikselli telefoto kameradan iborat boʻladi. Old qismga 12 megapikselli kamera oʻrnatiladi.
Sim orqali quvvatlash 25 vattni, simsiz quvvatlash esa 15 vattni tashkil etadi; USB 3.2 ham koʻzda tutilgan.
Smartfon 256 yoki 512 GB xotirali versiyalarda chiqarilishi aytilmoqda. Bazaviy model narxi 1000 dollar deb baholanmoqda.





