Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Realme 200 MP kamerali va 185 Gts ekranli smartfon tayyorlamoqda

Yangi qurilma metall korpus, ichki sovutish ventilyatori va 8700 mA·soat sigʻimli akkumulyatorga ega boʻladi

15-oktabr, 15:23По-русски

Realme OnePlus 16Rʼning muqobili boʻlishi mumkin boʻlgan smartfon ustida ishlamoqda. Qurilma 200 megapikselli asosiy sensor va 50 MP matritsali telefoto obyektiv bilan jihozlanadi. Telefoto obyektiv 3,5 karra optik zumni qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilmada ultra keng burchakli modul boʻlmaydi, holbuki avvalroq 50 MPʼli uchta kamera boʻlishi haqida xabar berilgandi.

Tashqi koʻrinishidan smartfon metall ramka va tekis shisha orqa panelga ega boʻladi. Ichiga sovutish uchun ventilyator, shuningdek, dumaloq RGB yoritgich oʻrnatiladi. Ekran 1,5K aniqlikdagi tekis OLED-displeydan iborat boʻladi. Yangilanish chastotasi standart rejimda 165 Gts ga, ayrim oʻyinlarda esa 185 Gts gacha yetadi.

Qurilmaning ishlash samaradorligini Snapdragon 8-seriyasidagi chipset taʼminlaydi. Smartfon BGMI oʻyinida soniyasiga 120 tagacha, Call of Dutyʼda esa 165 tagacha kadrni namoyish eta oladi. Batareya sigʻimi 8700 mA·soatni tashkil etadi.

Manba maʼlumotiga koʻra, gap Realme brendi ostida chiqarilishi mumkin boʻlgan OnePlus 16Rʼning Hindiston versiyasi haqida bormoqda. Har ikki brend Oppo ekotizimiga tegishli boʻlib, umumiy apparat platformalaridan foydalanadi. Hozircha rasmiy eʼlon boʻlmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing