Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Xitoy avtomobil zavodlari eksport hisobiga jon saqlamoqda: mamlakat ichidagi savdo 28 foizga kamaydi

Sentabr oyida Xitoyda yengil avtomobillarning chakana savdosi 1,62 mln donagacha tushib ketdi, deb xabar bermoqda XXR Yoʻlovchi avtomobillar assotsiatsiyasi

14-oktabr, 18:14По-русски

Yillik koʻrsatkichga nisbatan pasayish ketma-ket oʻn ikkinchi marta qayd etildi. Avgustga nisbatan savdo 5 foizga oshgan boʻlsa-da, bu ichki bozordagi pasayishni qoplay olmadi.

Elektromobillar va quvvatlash tarmogʻiga ulanadigan gibridlar jami savdoning 67 foizini tashkil etdi, biroq ularning savdo hajmi ham 17 foizga qisqarib, 1,08 mln donaga tushdi. Hisobotda neft narxlarining yuqoriligi benzinli avtomobillardan elektr avtomobillariga oʻtishni tezlashtirayotgani, ammo bu umumiy talabning pasayishini toʻxtata olmayotgani qayd etilgan.

Ishlab chiqaruvchilar pasayishni eksport hisobiga qoplamoqda: xorijga 917 000 ta avtomobil yuborildi, bu oʻtgan yilga nisbatan 73,7 foiz koʻp. Eksportning savdolardagi ulushi 19 foizdan 36 foizgacha oshdi, ayrim avtomobil zavodlarida esa bu koʻrsatkich 50 foizdan yuqori.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yevropada Xitoy gibridlarini import qilish yiliga 350 000 ta avtomobil bilan cheklanishi mumkin, AQShda esa ular hamon taqiqlangan. Assotsiatsiya, shuningdek, sunʼiy intellektga boʻlgan talab sabab chiplar va xotira narxlarining oshishi elektromobillar ishlab chiqarishini sekinlashtirayotganidan ogohlantirdi.

Dilerlar kuzgi anʼanaviy savdo choʻqqisining taʼsiri sust boʻlayotgani va omborlardagi zaxiralar kamligini qayd etmoqda. Hisobotda hozirgi pasayish avtomobillarga boʻlgan talabning fundamental ravishda kamayishi emas, balki qisqa muddatli omillar keltirib chiqargan vaqtinchalik holat ekani taʼkidlangan.

Yana oʻqing