Yangi iPhone chizmalari qurilma chiqishidan yarim yil oldin internetda paydo boʻldi
Izohlarda bu soxta emasmi, deya bahs-munozara ketmoqda
20-oktabr, 15:39По-русски

x.com — @MajinBuofficia
X ijtimoiy tarmogʻiga (@MajinBuofficia foydalanuvchisi tomonidan) joylangan chizmalarda bazaviy model gorizontal kamera blokiga ega ekani, teleobyektivsiz ikkita 48 megapikselli kamerani saqlab qolgani koʻrsatilgan.
Kutilayotgan xususiyatlar qatorida Apple A20 chipi, hajmi 256 GB dan boshlanadigan xotira va 18 megapikselli old kamera bor. Shuningdek, smartfonga IP68 darajasidagi himoya ham nisbat berilmoqda.
Bazaviy model 2027-yil bahorida taqdim etiladi, standart versiyani ishlab chiqarish esa noyabr oxirida boshlanishi mumkin. Bu maʼlumotlarni ham insayder @MajinBuofficia tarqatgan.





