Ishlab chiquvchi Minecraftʼni iOSʼda ishga tushirish yoʻlini topdi
Oʻyin dunyosi va saqlangan maʼlumotlarni ishga tushirish allaqachon tasdiqlangan, biroq unumdorlik koʻrsatkichlari hali oʻlchanmagan

iOS va iPadOS qurilmalarida Xbox One oʻyinlarini ishga tushirish uchun moʻljallangan Utsuro tizimini leviidev01 foydalanuvchisi ishlab chiqdi. U Windows asosidagi konsol dasturiy muhitini unga kerakli tizim funksiyalari bilan birga qayta yaratadi.
Apple chiplarida x86-64 kodini bajarish uchun FEXCore javob beradi: koʻrsatmalar ARM64’ga oʻgiriladi, apparat qismini toʻliq emulyatsiya qilish esa talab etilmaydi. Grafik mosligini DirectX chaqiruvlari va shaderlarini Metal Shading Languageʼga oʻgirish taʼminlaydi, tovush esa XAudio2 va CoreAudio orqali uzatiladi. iPhone va iPadʼdagi loyiha JIT-kompilyatsiyasidan foydalanish imkoniyatini talab qiladi.
Muallifning baholashicha, Minecraftʼning Xbox versiyasi «juda yaxshi» ishlaydi. U boshqa oʻyinlar haqida hozircha maʼlumot bermagan. Utsuro manba kodi GitHubʼda mavjud.





