No Manʼs Sky iPhone va iPad uchun chiqadi
Ishlab chiquvchilar oʻyinni mobil qurilmalarga moslashtirib, undagi barcha kontentni saqlab qoldi va boshqaruvni sensorli ekranlarga moslashtirdi
14-oktabr, 18:34По-русски

Первоисточник — No Man’s Sky
Kult maqomiga ega kosmik No Manʼs Sky oʻyini 28-oktabr kuni iPhone va iPadʼda paydo boʻladi. Mobil qurilmalar uchun versiyaga oʻn yil davomida chiqarilgan barcha 40 ta yirik yangilanish, jumladan, yaqinda taqdim etilgan COSMOS va oʻtgan yilgi Voyagers ham kiritilgan. Voyagersʼda oʻz yulduz kemalarini qurish imkoniyati mavjud.





