Anʼanaviy valyuta oʻz ahamiyatini yoʻqotadi, sunʼiy intellekt va robotlar odamlar uchun hamma ishni bajaradi
Ilon Mask kelajakni qanday tasavvur qilishini bayon qildi
21-oktabr, 12:00По-русски

commons.wikimedia.org — Gage Skidmore from Surprise, AZ, United States of America
Uning soʻzlariga koʻra, sunʼiy intellekt robotlar bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va bajariladigan vazifalar koʻlamini bir necha baravar oshirishga qodir. Ularning imkoniyatlari jahon iqtisodiyotining hozirgi salohiyatidan ancha keng boʻladi.
Bunday rivojlanish sharoitida odamlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish osonlashadi, tovarlarning qiymati va resurslar tanqisligi haqidagi odatiy qarashlar esa oʻzgaradi. Mask, shuningdek, odamlar sunʼiy intellekt va robotlardan yaxshiroq bajara oladigan vazifalar qolmasligini, har bir kishi oʻzi istagan tovar va xizmatlarni olishi mumkin boʻlishini aytdi.



