Anthropic kompaniyasining Claude Duet sunʼiy intellekt agenti Meta Museʼga raqib boʻladi
Hozircha dastlabki versiyadan faqat Pro va Max pullik tariflariga obuna boʻlgan AQSh foydalanuvchilari foydalanishi mumkin

Claude Duet ulangan ilovalardagi voqealarni mustaqil kuzatadi, ertalab qisqacha jamlanma yuboradi va foydalanuvchining ishtiroki kerak boʻlganda unga murojaat qiladi. Agent Claude Opus 5.5 modeli asosida ishlaydi, uchrashuvlarni rejalashtirishi, axborot panellarini yaratishi, prognozlar va veb-ilovalar prototiplarini tayyorlashi mumkin.
Foydalanuvchi oflayn boʻlganida ham xizmat ishlashda davom etadi, biroq elektron xatlar yuborish, toʻlovlarni amalga oshirish, hujjatlarni imzolash va maʼlumotlarni oʻchirishdan oldin tasdiq soʻraydi. Qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish va hisoblar oʻrtasida pul oʻtkazish foydalanuvchi rozilik bergan taqdirda ham taqiqlangan.
Claude Duet parollar va tokenlardan bevosita foydalana olmaydi, himoya mexanizmlari esa maxfiy maʼlumotlarni uzatishni bloklaydi. Anthropic kompaniyasi dastlabki versiya vazifalar konteksti va shoshilinchligini tushunishda xatolarga yoʻl qoʻyishi, shaxsiy topshiriqlarni esa hozircha kamroq samarali bajarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.



