Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Google DeepMindʼning sobiq rahbari: «Sunʼiy intellekt agentlarining dastlabki hujumlari shunchaki ogohlantiruvchi oʻqlar»

U model politsiyaga qotillik haqida ishonchsiz xabar yuborgan holatni misol qilib keltirdi

16-oktabr, 12:26По-русски
commons.wikimedia.org — Alain Herzog

Google DeepMindʼning hammuassisi va sobiq rahbari Demis Hassabis yaqinda sunʼiy intellekt agentlari tomonidan resurslarning buzib kirilishi ilk signal ekanini aytdi. U xavotirli holatlar qatorida model politsiyaga qotillik haqida ishonchsiz xabar yuborgan voqeani alohida taʼkidladi.

Hassabisning fikricha, sohani oʻta muhim tizimlarni himoya qilish borasida katta ishlar kutmoqda. Uning aytishicha, buning uchun biologiya va atom energetikasidagi yondashuvlarga oʻxshash ilgʻor usullar, shuningdek, xalqaro standartlashtirish organi talab etiladi.

Bunday organ innovatsiyalarni cheklab qoʻymaslik uchun moslashuvchan ishlashi va aniqlangan xatarlarni hisobga olishi kerak. Uning fikricha, sertifikatlash tizimi texnologiyalar rivojidagi oʻzgarishlarga tezda moslasha olishi lozim.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: Reuters

Yana oʻqing