Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

AIga eʼtiqod qiluvchilar texnologiyaga ishongani uchun zararli odatlariga qaytmoqda

Ular biror kasallikka chalingan taqdirda ham, oʻsha paytgacha AI ularni davolay oladigan darajaga yetishiga ishonadi

13-oktabr, 19:51По-русски

Palantir texnik direktori Shyam Sankarning aytishicha, ayrim AI mutaxassislari texnologiyaning kelajagiga boʻlgan ishonchini namoyish etish uchun chekishni boshlagan. Ularning mantiqiga koʻra, agar AI saratonni davolay olsa, chekish xavfi endi ahamiyatini yoʻqotadi. «Men AIga shu qadar ishonamanki, hamma narsani garovga qoʻyaman», — deya u bunday xatti-harakat ramziyligini izohladi.

Sankar aniq tadqiqotchilar nomini aytmadi va bu tendensiya borligini tasdiqlovchi dalillar keltirmadi. Chekish oldini olish mumkin boʻlgan kasalliklar va oʻlimlarning asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda, uning oqibatlarini bartaraf eta oladigan AI yutuqlari esa hozircha mavjud emas.

Shunga qaramay, bunday kayfiyatlar texnologiya muhitida avval ham paydo boʻlgan. Business Insider xabar berganidek, ayrim startap asoschilari, muhandislar va investorlar sohada krioterapiya, uyquni kuzatish va biohaking kabi sogʻlomlashtirish amaliyotlari ommalashganiga qaramay, chekishni boshlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻpka saratoni muammosini vaqt oʻtishi bilan AI hal qiladi, deb ishonadiganlar ham bor. «Sizda kasallik rivojlanadigan vaqtga kelib, bizning AI robotlarimiz uni allaqachon davolay olishi kerak», — degan edi avvalroq Friend startapi asoschisi Avi Shiffmann.

CBS News telekanaliga bergan intervyusida Sankar, shuningdek, Silikon vodiysida AI atrofida hukm surayotgan «ommaviy psixoz» va «ijtimoiy safsata»ni tanqid qildi. U AI xavfsizligi tarafdorlarini sunʼiy umumiy intellektni (AGI) «mashina xudosi»ga oʻxshatib qoʻyayotganlikda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, koʻplab dasturchilar faylasuf Blez Paskal yozgan «Xudo shaklidagi boʻshliq»ni AGIga qandaydir oliy kuch sifatida ishonish bilan toʻldirmoqda.

Yana oʻqing