Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Microsoft sunʼiy intellekt hisob-kitoblari uchun Maia 300 chipini namoyish etdi

Kompaniya 2027-yildan boshlab oʻz tezlatkichini xizmatlariga joriy etib, Nvidia va AMDʼga qaramlikni kamaytirmoqchi

13-oktabr, 15:19По-русски

Microsoft kompaniyaning sunʼiy intellekt xizmatlari uchun asos boʻladigan Maia 300 chipini taqdim etdi. Microsoft vitse-prezidenti Skott Gatriyning soʻzlariga koʻra, yangi tezlatkich megavatt energiyaga toʻgʻri keladigan tokenlar nisbati boʻyicha analoglardan 40 foiz samaraliroq. 96 ta chipdan iborat server konfiguratsiyalarida unumdorlik avvalgi Maia 200 modeliga nisbatan yetti baravar oshadi.

Maia 200 allaqachon Microsoft mahsulotlarida, jumladan Copilot, GitHub Copilot va kompaniyaning oʻz sunʼiy intellekt modellarida qoʻllanmoqda. Maia 300 uzun kontekstli vazifalar, mantiqiy fikrlash va sunʼiy intellekt agentlari bilan ishlash uchun optimallashtirilgan. Bu kompaniyaga Nvidia va AMD grafik protsessorlaridan bosqichma-bosqich voz kechish imkonini beradi.

Chip funksiyalar taqsimlangan arxitektura asosida yaratilgan: hisob-kitoblar, xotirani boshqarish hamda kiritish-chiqarish alohida chipletlarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish TSMC N2P texnologik jarayoni asosida yoʻlga qoʻyilgan. Bu kristall maydonining hisob-kitob bloklariga ajratiladigan qismini kengaytiradi.

Microsoft Azure Maia platformasini bir necha gigavatt quvvatga ega tizimlargacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning sunʼiy intellekt yoʻnalishi rahbari Mustafo Sulaymon Microsoft AI modellarini Maia chiplarida ishga tushirish Google DeepMind va OpenAI bilan raqobatdagi ustuvor vazifaga aylanishini taʼkidladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing