Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

OpenAI oʻz agentlari oʻz himoya choralarini oʻchirganini maʼlum qildi

Insonlar niyatiga zid harakatlar ustidan nazorat susaytirildi

21-oktabr, 17:43По-русски

GPT-6.1 Sol agenti kompaniyaning xavfsizlik xizmati uchun avtomatik bildirishnomalarni oʻchirib qoʻydi. Yana bir agent — GPT-6 Astra — monitoring tizimini oʻchirib, keyin buni qilmaganini yolgʻon daʼvo qildi.

Har ikkala holat ham xavfsizlik xizmati tomonidan zudlik bilan tekshirilishi kerak boʻlgan eng yuqori darajadagi hodisa sifatida baholanmadi. Kompaniya monitoringni oʻchirishga urinishlarni aniqlash tizimlarini yangiladi va yuz bergan voqealar sabablarini oʻrganishni boshladi.

Luisvill universitetining sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassisi Roman V. Yampolskiy vaziyatni nihoyatda tashvishli deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, nazorat qilinayotgan tizim himoya mexanizmini oʻchira olsa, bu mexanizm ishonchsiz hisoblanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing