OpenAIʼning ilmiy yoʻnalish boʻyicha sobiq rahbari Warp Sciences loyihasini ishga tushirmoqda
Startap dori vositalarini ishlab chiqishda birikmalarni sintez qilishga robotlarni oʻrgatmoqda
Warp Sciences $865 mln baholangan Series A raundida $215 mln mablagʻ jalb qildi. Bu haqda kompaniya hammuassisi va OpenAIʼning ilmiy yoʻnalish boʻyicha sobiq rahbari Kevin Veyl maʼlum qildi.
Raundga Lightspeed boshchilik qildi; unda IVP, Premji Invest va Lux Capital ham ishtirok etdi. Kompaniya tadqiqotchilar tanlaydigan birikmalar bilan laboratoriya operatsiyalarini bajaradigan robotlarni ishlab chiqmoqda.
Warp Sciences kimyogarlari kameralar va sensorlar bilan jihozlangan qoʻlqoplardan foydalanib, robotlarni laboratoriyada ishlashga oʻrgatadi. Startap kecha-yu kunduz ishlay oladigan mashinalar yordamida dori vositalarini ishlab chiqishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Veyl, shuningdek, biotexnologiya kompaniyalari koʻpincha Xitoydagi pudratchilarga, jumladan WuXi AppTecʼga topshiradigan minglab molekula variantlarini sintez qilishni AQShga qaytarmoqchi.



