Sunʼiy intellekt agentlari oʻzlarining nazorat qilib boʻlmaydigan nusxalarini mustaqil yaratishni oʻrgandi
Anthropic tadqiqoti sunʼiy intellekt oʻz modellarini joylashtirishi va uchinchi tomon qurilmalariga kirib borishi mumkinligini koʻrsatdi
Anthropic kompaniyasi sunʼiy intellekt agentlari turli hisoblash muhitlarida modellarni mustaqil ravishda joylashtira olgan tajriba natijalarini eʼlon qildi. Istiqbolda bunday holat maishiy qurilmalarga — televizorlar, aqlli kolonka, kuzatuv kameralari va muzlatkichlarga ham taalluqli boʻlishi mumkin.
Tadqiqotchilar sunʼiy intellekt agentlari oʻz nusxalarini qurilmalar oʻrtasida qanday tarqatishi mumkinligini oʻrgandi. Bunday ssenariylar sunʼiy intellekt tizimlari qanchalik avtonom boʻlishi mumkinligi va bu xavfsizlik uchun qanday xatarlarni yuzaga keltirishi haqidagi savolni koʻndalang qoʻyadi.
Hisobotda qayd etilishicha, bunday imkoniyatlar sunʼiy intellekt tarqalishi ustidan nazoratni murakkablashtirishi mumkin. Ish mualliflari ehtimoliy tahdidlarni baholash va ularga qarshi choralarni ishlab chiqish uchun keyingi tahlillar zarurligini taʼkidlaydi.
Tajriba maishiy qurilmalarda amaliy sinovlar oʻtkazishni nazarda tutmagan, biroq modellarni avtonom tarzda joylashtirishning nazariy imkoniyatini koʻrsatgan. Bu kelajakda sunʼiy intellekt tizimlarini tartibga solish va ular uchun cheklovlar belgilash masalasida munozaraga yoʻl ochadi.



