Amazon yangi TorchNeuron vositasi bilan Nvidiaʼga qarshi chaqiriq tashlamoqda
Ushbu vosita dasturchilarning Nvidia texnologiyalariga qaramligini kamaytirishga qaratilgan
TorchNeuron PyTorch bilan ishlaydi: dasturni Trainium chipiga koʻchirish uchun dasturchiga kodni qayta yozmasdan, konfiguratsiyaning bir qatorini oʻzgartirish kifoya. Amazon maʼlumotlariga koʻra, sunʼiy intellektga oid ilovalarning qariyb 85 foizi shu vosita asosida yaratiladi.
PyTorch dastlab Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, 2022-yildan esa loyiha Linux Foundation tarkibiga kiradi. Nvidia yillar davomida oʻz chiplarida ishlaydigan ilovalar uchun dasturiy infratuzilma — CUDAʼni rivojlantirdi. Shu sababli kompaniya uskunalari PyTorch foydalanuvchilari uchun sukut boʻyicha tanlanadigan variantga aylandi. Ilovalarni koʻchirishni AMD va Apple chiplari ham qoʻllab-quvvatlaydi.
Amazon TorchNeuronʼni 20-oktabr kuni PyTorch konferensiyasida ochiq foydalanishga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Kompaniya, shuningdek, freymvorkning muayyan uskunaga bogʻliqligini kamaytirish uchun PyTorchʼning oʻziga oʻzgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Biroq bunday yondashuvning dasturchilar uchun taʼsiri va yechimlar qiymatini hali baholash kerak.


