Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

AMD 32 768 yadroli maʼlumotlar markazi server shkafini namoyish etdi

Yangi Helion etalon yechimi 128 tagacha EPYC 9996 protsessorini sigʻdiradi hamda havo va suyuqlik bilan sovitishni qoʻllab-quvvatlaydi

14-oktabr, 15:50По-русски
commons.wikimedia.org — PiDatacenters

AMD maʼlumotlar markazlari uchun Helion server shkafining etalon loyihasini taqdim etdi. Yechim ORv4 spetsifikatsiyasi asosida standartlashtirilgan va OpenU formatidagi 44 ta modulga moʻljallangan. Shkaf OCP DC-MHS standartiga mos keladi, bu esa maʼlumotlar markazi infratuzilmasi va korporativ tizimlarning oʻzaro mosligini taʼminlaydi.

Helion Zen 6 arxitekturasiga asoslangan 128 tagacha EPYC 9996 Venice protsessorini oʻrnatishni qoʻllab-quvvatlaydi. Faqat markaziy protsessorlardan iborat konfiguratsiyada shkaf 32 768 tagacha yadroni taʼminlaydi. Yechim 16 tagacha MI350P grafik protsessorini ham oʻrnatishga imkon beradi, biroq bunda CPU soni kamayadi. Tarmoq oʻtkazuvchanligi 102 Tbit/s gacha yetadi.

Loyiha gipermasshtabli kompaniyalar va korporativ sektorga moʻljallangan. AMD Helionʼni maʼlumotlarni boshqarish, tarmoq orqali oʻzaro aloqa va sunʼiy intellekt bilan ishlash uchun universal «barchasi birda» yechim sifatida taqdim etmoqda. Shkafdan Meta Muse va OpenAI Dots loyihalariga oʻxshash, sunʼiy intellekt agentlari uchun izolyatsiyalangan muhitlar («sandboxlar») yaratishda foydalanish mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

AMD tayyor server shkaflarini sotmaydi — bu OEM va ODM ishlab chiqaruvchilari uchun etalon loyiha. Kompaniya hamkorlar roʻyxatini OCP Global Summit sammitida eʼlon qiladi. Ehtimol, dastlabki buyurtmachilar oʻtgan yili taqdim etilgan Helios server shkaflaridan allaqachon foydalanayotgan kompaniyalar boʻladi.

Helion havo bilan ham, toʻgʻridan-toʻgʻri suyuqlik bilan ham sovitishni qoʻllab-quvvatlaydi. Server shkaflarini bozorga chiqarish 2027 yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan. Bu Zen 6 arxitekturasi asosidagi protsessorlarning ommaviy joriy etilishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi — ular 2024 yil oxiridayoq paydo boʻladi.

Yana oʻqing