Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

DistroKid musiqa xizmati musiqachilarning sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan treklarini ogohlantirmasdan oʻchirmoqda

Xizmat buni Universal Music Groupʼning daʼvosi bilan izohlamoqda, biroq sanʼatkorlar bundan oʻzlarining original asarlari ham zarar koʻrayotganini aytmoqda, deb yozadi The Verge.

12-oktabr, 14:59По-русски

DistroKid musiqachilarning treklarini striming platformalaridan ogohlantirmasdan ommaviy ravishda oʻchira boshladi. Bunga Universal Music Group (UMG) tomonidan sentyabr oyida berilgan daʼvo sabab boʻlgan. Leybl xizmatni «sunʼiy intellekt chiqindilari ishlab chiqaradigan konveyer» yaratishda ayblamoqda, biroq sanʼatkorlarning aytishicha, oʻchirilayotgan treklar orasida ularning original kompozitsiyalari ham bor.

Musiqachi McGwire oltita treki, jumladan litsenziya asosida chiqargan Stivi Uanderning «Isnʼt She Lovely» qoʻshigʻiga ishlangan kaveri yoʻqolib qolganini aytdi. Yana bir qoʻshiq goʻyoki noqonuniy sempldan foydalanilgani sababli oʻchirilgan, vaholanki, unda ishlatilgani aytilgan trek McGwire kompozitsiyasidan ikki yil keyin chiqqan. DistroKid koʻmagiga murojaat qilish ham oson boʻlmagan: avval bot bilan yozishishga toʻgʻri kelgan, keyin esa jonli operatorni kutish kerak boʻlgan.

Rapper Insane Ian original qoʻshigʻi hech qanday izohsiz oʻchirilganidan shikoyat qildi. Yana bir musiqachi King Chase esa oʻzi hamkorlik qilgan sanʼatkorning butun albomi platformadan yoʻqolganini maʼlum qildi. Albom 3–4 yil davomida hech qanday muammosiz mavjud boʻlgan va qoidabuzarlik haqida biror marta ham ogohlantirilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

DistroKid vakili, sanʼatkorlar bilan ishlash boʻyicha vitse-prezident Amanda Ferri oʻchirishlar UMG daʼvolari bilan bogʻliqligini tasdiqladi. U «juda oz sonli yozuvlar»ga taʼsir koʻrsatilganini taʼkidladi, kompaniya esa leybl ayblovlarini rad etmoqda. Shu bilan birga, DistroKid musiqachilar uchun oqibatlarni imkon qadar kamaytirishga, jumladan yangi musiqalarni chiqarish imkoniyatini saqlab qolishga urinmoqda.

Sanʼatkorlar shaffoflik va oʻchirishlar ustidan shikoyat qilish imkoniyati yoʻqligidan norozi. Koʻpchilik treklar yoʻqolganini faqat voqeadan keyin bilib qolmoqda, xizmat esa aniq izohlar yoki apellyatsiya mexanizmlarini taqdim etmayapti.

Birlamchi manba: The Verge

Yana oʻqing