Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Ilon Mask kelasi yili AQShdagi har bir bolaga bittadan SpaceX aksiyasini beradi

Bu taxminan 72 mln bolani anglatadi, barcha qimmatli qogʻozlarning qiymati esa qariyb 10,5 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin

19-oktabr, 15:48По-русски

SpaceX bosh direktori Ilon Mask aksiyalarni topshirish rejasini eʼlon qildi. Hozirda u kompaniyaning taxminan 4,8 mlrd dona qimmatli qogʻoziga egalik qiladi. Vestingi hali amalga oshmagan mukofotlar va opsionlarni hisobga olganda, uning aksiyalar paketi 6,4 mlrd aksiyaga, yaʼni 48,4 foizlik benefitsiar ulushga yetadi.

Mask tarqatish qanday tashkil etilishini ochiqlamadi, uni shu kabi tashabbuslar turkumidagi birinchi loyiha deb atadi. Bungacha Anthropic oʻz aksiyalarining bir qismini yangi jamoat manfaatlariga xizmat qiluvchi jamgʻarmaga yoʻnaltirish rejasini maʼlum qilgan, Mask esa qimmatli qogʻozlarni toʻgʻridan-toʻgʻri aholiga berishni tavsiya qilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing