Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Rossiyada firibgarlar davlat organlari nomidan kompaniyalarga QR-kodlar yubormoqda

Rossiyaning F6 kompaniyasi hujjatlarning «maxsus yetkazib berilishi» uchun QR-kod orqali toʻlov qilishni talab qiluvchi fishing xatlarini aniqladi

14-oktabr, 14:36По-русски

Firibgarlar tarqatayotgan xatlarda oʻzlarini uchta federal idora vakili sifatida tanishtirib, «Nazorat boʻlimi» va «ИСХ_[idora nomi]» kabi iboralardan foydalanmoqda. Xatlarga ismlari va familiyalari oʻzgarib turadigan «katta inspektor» imzo qoʻygan.

Xatlarda rejadan tashqari tekshiruvlar yoki maʼmuriy javobgarlik haqida soʻz boradi. Tafsilotlarni QR-kod orqali toʻlov amalga oshirilgandan keyin olish taklif qilinadi. QR-kod soxta saytga olib boradi. Firibgarlar Yandex ishida uzilishlar boʻlishi mumkinligidan ogohlantirib, saytga oʻtish uchun Googleʼdan foydalanishni tavsiya qiladi.

Hujumdan koʻzlangan maqsad — «yetkazib berish» uchun 400 dan 600 rublgacha undirish, shuningdek, xodimlarning bank kartalari maʼlumotlari, F.I.Sh. va manzillarini yigʻish. Bu maʼlumotlardan keyingi kiberhujumlar uchun foydalanish mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Tarqatmalar ortida 2025 yil kuzidan beri faoliyat yuritayotgan QRGos TA nomli kiberjinoyatchi turibdi. U davlat organlarining rasmiy saytlariga taqlid qiluvchi domenlarni roʻyxatdan oʻtkazadi. 2026 yil boshidan hujumchilar internetdagi muammolar va Yandexʼdagi uzilishlar mavzusidan foydalanmoqda.

2026 yil sentyabr-oktyabr oylarida hujumlar besh soha kompaniyalariga taʼsir koʻrsatdi: sanoat, logistika, qurilish, chakana savdo va internet savdosi. Fishing saytlari .ru, .beer, .biz, .cam, .casa va boshqa domen zonalarida joylashtirilib, yetkazib berish xizmatlari dizaynini takrorlamoqda.

F6 shubhali xatlardagi QR-kodlar orqali havolalarga oʻtmaslik, xat joʻnatuvchilarining domenlarini tekshirish va maʼlumotlarni idoralarning rasmiy saytlari bilan solishtirishni tavsiya qiladi.

Yana oʻqing