Soxta Google Chrome 100 mingdan ortiq marta yuklab olindi
Katta ehtimol bilan, bu funksiyasi nomaʼlum chatbot boʻlgan
Dastlab Play Store doʻkonida Ball Bounce oʻyini niqobi ostida ilova paydo boʻldi. Biroq keyinchalik uning ishlab chiquvchisi mahsulot nomi va ikonkasini Google Chrome nomi va ikonkasiga almashtirdi. Koʻrinishidan, dastur tayyor javob variantlari va virtual personajlarga ega chatbotni yashirgan, brauzerga ham, eʼlon qilingan oʻyinga ham aloqasi boʻlmagan. Parollar sizib chiqqani yoki boshqa zararli faollik kuzatilgani haqida maʼlumot qayd etilmagan.
Ball Bounce oʻyini platformada 22-avgust kuni eʼlon qilingan, 30-sentabrda esa uni «Google Chrome» qiyofasiga kiritgan yangilanish chiqqan. 20-avgust kuni kunduzi Google tasdiqlanmagan yaratuvchilar dasturiy taʼminotini yuklab olish uchun sutkalik kechikishni joriy etdi. Avvalroq, iyun oyida IT-gigant ishlab chiquvchilarni majburiy moderatsiyadan oʻtkazish jadvalini eʼlon qilgan edi: dastlab yangilik qator doʻkonlardagi ilovalarga taalluqli boʻladi, 2027-yilga kelib esa global tus olib, har qanday oʻrnatishga tatbiq etiladi.


