YouTube Music AI-kontent uchun belgilarni qoʻsha boshladi
Belgi trek nomi ostida paydo boʻladi va vokal yoki kompozitsiyaning boshqa qismlarini yaratishda AI ishlatilgan yoki ishlatilmaganini koʻrsatadi
16-oktabr, 13:12По-русски

Первоисточник — YouTube
Belgi ustiga bosilganda qoʻshiqni yaratishda sunʼiy intellekt qanday rol oʻynagani haqidagi tafsilotlar koʻrsatilgan menyu ochiladi. Bu tinglovchiga tinglashni davom ettirishdan oldin audio qanday qayta ishlanganini tushunish imkonini beradi.
Keyinroq bunday belgilar YouTube videopleyerida ham paydo boʻlishi kerak. Boshqa servislar ham sintetik audioga cheklovlar joriy qilmoqda: Spotify soxta ijrochilarni belgilaydi, Deezer esa AI tomonidan yaratilgan kontent uchun filtr joriy qilmoqda.


