Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Fan

NASA Oyga yangi parvoz uchun dvigatellarni sinovdan oʻtkazdi

Qurilma nominal rejim quvvatining 111 foiziga teng darajaga muvaffaqiyatli bardosh berdi

22-oktabr, 15:50По-русски
3dnews.ru — NASA

21-oktabr kuni Missisipi shtatidagi Stennis kosmik markazining Fred Heyz nomidagi stendida RS-25 № 10001 dvigateli sinovdan oʻtkazildi. Dvigatel qariyb sakkiz yarim daqiqa — 500 soniya ishladi. Bu SLS raketasi uchirilganda RS-25 dvigatelining ishlash davomiyligiga teng.

Sinov davomida uning quvvati 111 foizgacha oshirildi. Bu SLS va Orionni orbitaga olib chiqish uchun yangi seriyali dvigatellarga zarur boʻlgan tortish kuchi darajasidir. Vazifalar qatoriga Artemis dasturining boʻlajak missiyalari uchun komponentlarni qabul qilish sinovlari va soploning yangi issiqlikdan himoyalash tizimini tekshirish ham kirdi. Ishlarni NASA, L3Harris Technologies va Nova Space Solutions kompaniyalari olib bordi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: NASA

Yana oʻqing