Apple $299 turadigan HomeView aqlli displeyini chiqardi
Yangi qurilma aqlli uyni boshqaradi, kameralar tasvirini koʻrsatadi va Siri AI ovozli yordamchisi bilan ishlaydi

Ishlab chiquvchilar HomeView — 7 dyuymli Liquid Retina ekran va oʻrnatilgan audio tizimga ega ixcham uy smart-displeyini taqdim etdi. Qurilma aqlli uy ekotizimini boshqarish, videomuloqot qilish, media kontentni ijro etish va audio tinglash uchun moʻljallangan. AQSh bozorida qurilma narxi $299 etib belgilangan, rasmiy savdo boshlanishi esa 13 noyabrga rejalashtirilgan.
Mahsulot ikki xil koʻrinishda taqdim etiladi: stol ustiga qoʻyiladigan varianti toʻrt xil rangda, devorga oʻrnatish mumkin boʻlgan varianti esa ikki xil rangda chiqariladi. Foydalanuvchi interfeysi masofaga qarab dinamik tarzda oʻzgaradi: odam uzoqda boʻlganida asosiy parametrlar koʻrsatiladi, yaqinlashganda esa batafsil maʼlumot paydo boʻladi.
HomeView olti nafargacha oila aʼzosini taniy oladi va ularning har biri uchun shaxsiy vidjetlar toʻplamiga ega alohida ish stolini yaratadi. Bunda xabarlar va shaxsiy taqvimdagi maxfiy maʼlumotlar boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatilmaydi. Apple Intelligence platformasida ishlaydigan Siri AI ovozli yordamchisi izchil muloqot olib borish va suhbat mazmunini tushunish imkoniyatiga ega, biroq hozircha bu funksiya faqat ingliz tilida ishlaydi.





