Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Fairphone taʼmirlashga yaroqli va 40 soatgacha ishlaydigan quloqchinlarni chiqardi

Fairbuds 2 yangi modeli yaxshilangan ovoz, ikki baravar uzoqroq ishlash muddati va uchdan biriga yengilroq zaryadlash gʻilofi bilan taqdim etildi

15-oktabr, 17:06По-русски
3dnews.ru — Автор/правообладатель требует проверки по странице источника

Fairphone kompaniyasi Fairbuds 2 simsiz quloqchinlarining ikkinchi avlodini taqdim etdi. Qurilma brendning asosiy ustunligi — yuqori darajada taʼmirlashga yaroqliligini saqlab qolgan, biroq endi yanada sifatli ovoz va uzaytirilgan ishlash muddatini taklif etadi.

Quloqchinlar toʻliq qayta ishlab chiqilgan: yangi dizaynda kengroq tayoqchalar mavjud, shuningdek, ikki rang varianti — qora va yashil ranglarda chiqarilgan. Zaryadlash gʻilofi ixchamlashtirilgan: avvalgi modelnikiga qaraganda 37 foizga kichraygan va 32 foizga yengillashgan.

Fairbuds 2 ning avtonomligi deyarli ikki baravar oshgan. Faol shovqinni kamaytirish funksiyasisiz quloqchinlar gʻilofni hisobga olganda 40 soatgacha ishlaydi. Gʻilofsiz ishlash muddati 8 soatni, shovqinni kamaytirish funksiyasi yoqilganda esa 6 soatni tashkil etadi. USB Type-C orqali toʻliq quvvatlash taxminan ikki soat davom etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Quloqchinlarga biotsellyulozadan tayyorlangan 11 mm li drayverlar oʻrnatilgan. Faol shovqinni kamaytirish texnologiyasi yaxshilangan, LDAC kodekini qoʻllab-quvvatlash va bir vaqtning oʻzida ikkita qurilmaga ulanish imkoniyati qoʻshilgan. Ovozni mobil ilovadagi ekvalayzer orqali sozlash mumkin.

Fairbuds 2 hozirning oʻzida Yevropada €99 narxda buyurtma berish uchun mavjud. AQShda yangi model $119 turadi.

Yana oʻqing