Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Google almashtiriladigan batareyaga ega yupqa Fitbit Edge fitnes-trekerini chiqardi

Yangi qurilma 27-oktabrda 179,99 dollardan boshlanadigan narxda sotuvga chiqadi va Google Health Coach sunʼiy intellekt yordamchisidan foydalanish imkonini beradi

14-oktabr, 17:14По-русски
engadget.com — Автор/правообладатель требует проверки по странице источника

Google yangi Fitbit Edge fitnes-trekerini taqdim etdi. Qurilma minimalist OLED-displey hamda sogʻliqni kuzatishning takomillashtirilgan funksiyalariga ega. Pixel Watchʼdan farqli ravishda, model ortiqcha funksiyalar bilan yuklanmagan, biroq imkoniyatlari boʻyicha Fitbit Airʼdan ustun.

Fitbit Edge 50 dan ortiq mashgʻulot rejimini qoʻllab-quvvatlaydi va yuklamani toʻgʻri taqsimlashga yordam beradigan real vaqtdagi vizual koʻrsatmalarni taklif qiladi. Oʻrnatilgan GPS aniqligi avvalgi modellarga nisbatan 40 foizga yaxshilangan. Qurilma Gemini negizidagi Google Health Coach bilan integratsiyalashadi, buning uchun Google Health Premium obunasi talab etiladi. Sunʼiy intellekt sogʻliq haqidagi maʼlumotlarni tahlil qiladi va foydalanuvchining jadvaliga moslashadigan shaxsiy mashgʻulot rejalarini tuzadi.

Trekер Health Guardian tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u arterial bosim yoki insulin rezistentligi kabi koʻrsatkichlardagi jiddiy oʻzgarishlarni kuzatadi. Oʻrnatilgan EKG hamda yurak urish tezligini uzluksiz monitoring qilish pulьsning keskin koʻtarilishidan ogohlantiradi. Uyqu bosqichlarini aniqlash aniqligi 15 foizga oshgan, bu esa dam olish sifatini yaxshiroq tahlil qilish imkonini beradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Sigʻimi 65 mA·soat boʻlgan batareya 90 daqiqada quvvatlanadi va bir hafta ishlashni taʼminlaydi. Besh daqiqalik quvvatlash qurilmadan bir sutka foydalanish uchun yetarli. Qurilma IP68 standarti boʻyicha himoyalangan va akkumulyatorni almashtirishni qoʻllab-quvvatlaydi, bu uning xizmat muddatini uzaytiradi. Fitbit Edge toʻrtta rangda: Obsidian, Fog, Olive va Canyon ranglarida, shuningdek basketbol mavzusidagi hamda suvni qaytaruvchi tasmasi bor Stephen Curry Edition maxsus versiyasida taqdim etiladi. Uning narxi 219,99 dollar.

Fitbit Edge uchun oldindan buyurtma berish Google Storeʼda allaqachon boshlangan. Qurilma bilan birga foydalanuvchilar Google Health Premium obunasidan uch oy bepul foydalanish imkoniga ega boʻladi. Trekер uchun Active Sport yoki Performance Loop sport tasmalari, shuningdek Metal Links va Magnet metall variantlarini alohida xarid qilish mumkin.

Yana oʻqing