Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Keng ekranli budjet smartfoni Xitoyda 150 dollarga sotuvga chiqadi

Coolpad 6,3 dyuymli displey va 16:10 tomonlar nisbatiga ega qurilmani oktabrning oʻzidayoq chiqaradi

13-oktabr, 15:38По-русски

Coolpad brendi zamonaviy bozorda kam uchraydigan ekran formatiga ega hamyonbop smartfonni taqdim etdi. Qurilmaning Xitoydagi debyuti oktabr oyiga rejalashtirilgan, uning narxi esa taxminan 1000 yuan (qariyb 150 dollar)ni tashkil etadi.

Qurilmaning asosiy jihati — 720p aniqlik va 16:10 tomonlar nisbatiga ega 6,3 dyuymli LCD-displey. Bunday nisbat tufayli ekran standart mobil panellarga qaraganda ancha keng koʻrinadi. Hamyonbop narxni saqlab qolish uchun ishlab chiqaruvchi pastki qismdagi ancha sezilarli hoshiyani qoldirishiga toʻgʻri kelgan.

Yangi smartfonning ishlashini MediaTek Helio G99 chipseti taʼminlaydi. Qurilma Shanghai Droi Technology kompaniyasining DroiClaw Zhuge 3 operatsion tizimida ishlaydi. Dasturiy platforma keng formatli displeyga moslashtirilgan va sunʼiy intellekt vositalari bilan toʻldirilgan.

Coolpad rejasiga koʻra, qurilma Huawei Pura X View kabi premium keng formatli smartfonlarga hamyonbop muqobil boʻladi. Huawei Pura X View 6,39 dyuymli OLED-matritsa (2232 × 1320) bilan jihozlangan va 6000 yuandan boshlanadigan narxda sotiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing