Mutaxassislar yangi Nvidia RTX Spark chipi asosidagi noutbuklarni sinovdan oʻtkazmoqda
Protsessorlar barcha vazifalar uchun ham mos kelavermaydi

RTX Spark chipi bozorda ikki xil konfiguratsiyada taqdim etilgan: ular oʻrtasidagi farq protsessor va grafik yadrolari sonida. Biroq har ikki versiyaning xotira oʻtkazuvchanligi bir xil, mutaxassislar esa noutbuklarni turli apparat konfiguratsiyalarida sinovdan oʻtkazdi.
Qwen 3.8 27B modelini qayta ishlashda protsessor M5 Maxʼdan ishonchli tarzda oʻzib ketdi, Ryzen AI Halo esa ikki baravardan koʻproq sekinroq ishladi. Ixtisoslashtirilgan sunʼiy intellekt sinovlarida chip RTX 5060 va RTX 4070’ning mobil diskret videokartalari imkoniyatlariga yaqin natijalarni koʻrsatdi.
Oʻyinlar sohasida Arm arxitekturasining oʻziga xosliklari sabab ayrim oʻyinlar ushbu arxitektura uchun nativ qoʻllab-quvvatlashga ega emas. Shu bois RTX Sparkʼning unumdorligi oʻyindan oʻyinga oʻzgaradi: u baʼzan Radeon 8060S yoki 8065S oʻrnatilgan grafikasi bilan jihozlangan Ryzen AI Max yechimlaridan biroz ortda qoladi, baʼzan esa oldinga chiqib ketadi. Umumiy quvvat jihatidan grafikasi mobil RTX 4060 darajasiga mos keladi, biroq bunday kompyuterlar umuman geyming uchun moʻljallanmagan.





