Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

Ishlab chiquvchilar sunʼiy intellekt klonlaridan qoʻrqib, yangi oʻyinlarni yashira boshladi

Digital Sun ReVampʼning ochiq testini bekor qildi: oʻyinga taklifnomalar Discord orqali yuboriladi

20-oktabr, 17:52По-русски

Digital Sunʼda oʻyinning ishlayotgan versiyasini relizdan ancha oldin namoyish etish xavfli, deb hisoblashdi. Oʻyinni tahlil qilib, nusxalab, originalidan oldin boshqa nom ostida chiqarishlari mumkin. ReVamp — kompyuterlar uchun vampirlar haqidagi roguelite-strategiya.

Oʻtgan hafta Yaponiyaning Alliance Arts kompaniyasi ham Drunken Goddess Reflux — rus ruletkasi haqidagi anime-simulyatorni — Steamʼning «Oʻyinlar boʻlsin» festivali oktabrda boshlanishi uchun chiqarishdan voz kechdi. Kompaniya sunʼiy intellekt grafikani va oʻyin jarayonini tezda qayta yaratishga imkon berishidan xavotirda.

Lukas Poup, Jonatan Blou va boshqa ishlab chiquvchilar navbatdagi loyihalari mazmunini oshkor qilmaslikni maʼqul koʻrmoqda. McPixel yaratuvchisi Mikolay Kaminski indie-ishlab chiquvchilarning ahvolini bemaʼnilik deb atadi: ommaga tanilish sotuvlarni oshirishi mumkin, biroq ayni paytda nusxa koʻchirishni ham osonlashtiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing