Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

Mass Effect 5 treyleri tarmoqqa sizib chiqdi

Foydalanuvchilar uni Mass Effect: Universe nomi ostida topishdi

23-oktabr, 15:22По-русски
Unsplash — Heramb kamble

Videoda ushbu seriyadan tanish qurollar, qobiliyatlar va oʻzga sayyoralik turlar koʻrsatilgan. Shuningdek, unda retranslyator, kosmik sayohat, tungi klub va kema bortidagi galaktika xaritasi ham bor.

Rolikdan koʻrinishicha, oʻyinchi «yangi ish»ga oʻtgan va mojarolarning oldini olishi kerak boʻlgan sobiq harbiy xizmatchini boshqarishi mumkin edi. Yoshi ulgʻaygan Liara TʼSoni barda yuz bergan mushtlashuv paytida bosh qahramonga yordam beradi.

Mass Effect 5 oʻyini Mass Effect 3 voqealaridan yuzlab yillar keyin chiqishi, voqealar esa Oʻroqchilar ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng yana Somon yoʻliga qaytarilishi rejalashtirilgan edi. Loyiha bekor qilingach, EA BioWare va uning Edmontondagi ofisi yopilishini ham eʼlon qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

BioWareʼning kinematik sahnalar boʻyicha sobiq supervayzeri Toni de Vaal oʻyinni oʻziga xos deb atadi va u oʻyinchilarga ilgari hech qachon boʻlmagan darajadagi erkinlik hamda tanlov imkoniyatini berishi mumkinligini aytdi.

Redditʼdagi videoni bu yerda koʻrish mumkin: https://www.reddit.com/r/masseffect/comments/1xclmpu/mass_effect_universe_trailer/.

Yana oʻqing