Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Butun telekoʻrsatuv mavsumini oʻchirib yuborishda sunʼiy intellekt agenti ayblanmoqda

Amerikaning TV4 kanali texnik nosozlikdan soʻng premyera keyingi yilga koʻchirilganini tasdiqladi

16-oktabr, 15:19По-русски

Voqea Mastiff prodaksheni sunʼiy intellekt agentiga serverga kirish huquqini berganidan keyin yuz berdi. Xabarlarga koʻra, fayllarni tiklab boʻlmaydi: jamoa bir yil davomida ishlagan mavsumni qaytadan montaj qilishiga va bu ishga yana yuzlab odamni jalb etishiga toʻgʻri keladi.

TV4 dasturlar direktori Mia Lindqvist gap mustaqil ravishda harakat qilgan sunʼiy intellekt agenti haqida emasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, asosiy muammo zaxira nusxasi ishlamaganida boʻlgan: dastlabki materiallar saqlanib qolgan, biroq mavsumni boshidan montaj qilishga toʻgʻri keladi va bu vaqt talab qiladi.

Koʻrsatuv boshlovchisi Ahmed Behran bu xabarga kulib munosabat bildirdi: «Sunʼiy intellekt mening oʻlimimga sabab boʻlishini bilardim, bu hali boshlanishi, xolos».

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing