Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Huang xavfli sunʼiy intellekt yaratuvchilariga Nvidia chiplarini yetkazib berishni toʻxtatish bilan tahdid qildi

Nvidia olimlarga hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkonini berib, sunʼiy intellekt xavfsizligi boʻyicha tadqiqotlarga $250 mln yoʻnaltiradi

16-oktabr, 13:51По-русски
commons.wikimedia.org — Photographer: Peter Dasilva

Nvidia bosh direktori Jensen Huang Bloombergʻga bergan intervyusida xavfsiz boʻlmagan sunʼiy intellekt modellarini yaratayotgan mijozga yetkazib berishni toʻxtatish mumkinligini aytdi. U bunday qaror qabul qilinishidan oldin kompaniya muzokaralar oʻtkazishi kerakligini taʼkidladi.

Huangning soʻzlariga koʻra, Nvidia mijozlarining biznesini boshqarmaydi, uning texnologiyalari esa umumiy maqsadlarga moʻljallangan. Shu sababli ishlab chiqaruvchining boshqa kompaniyalar uning oʻz ishlanmalaridan qanday foydalanayotganini baholash imkoniyatlari cheklangan.

Huangning fikricha, hozirgi xavotirlar tez rivojlanayotgan sohaning “oʻsishdagi ogʻriqlari” bilan bogʻliq va qisman boʻrttirilgan. U, shuningdek, sunʼiy intellektdan texnologiyaning oʻzi bilan bogʻliq xatarlarni kuzatish va jilovlash uchun foydalanish mumkinligini aytdi. Shu bois bunday vositalarni ishlab chiqishni tezlashtirish kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: Bloomberg

Yana oʻqing