Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Microsoft GPT-5.6 dan kuchliroq sunʼiy intellekt yaratib, resurslarni 4 baravar kam sarfladi

Bu haqda Microsoftʼning sunʼiy intellekt yoʻnalishi rahbari Mustafa Sulaymon maʼlum qildi

16-oktabr, 16:43По-русски

MAI-Base-2 OpenAI modellari, jumladan GPT-5.6 ishlaydigan Spud tizimi bilan taqqoslab sinovdan oʻtkazildi. Sulaymonning soʻzlariga koʻra, maʼlumotlardagi qonuniyatlarni tushunish va bashorat qilish boʻyicha oʻtkazilgan sinovlarda Microsoft ishlanmasi yuqoriroq natija koʻrsatdi.

U taqqoslash uchun DeepSeekʼning aynan qaysi modellari olinganini aytmadi. Microsoft blogida MAI-Base-2’ni dastlabki oʻqitish DeepSeek-V4-Pro-Baseʼnikiga qaraganda ancha samaraliroq boʻlgani aytiladi.

Dastlabki oʻqitish — sunʼiy intellekt modelini yaratishning boshlangʻich bosqichi boʻlib, bu jarayonda model katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlaydi va ulardagi qonuniyatlarni aniqlaydi. Copilotʼning tijoriy va foydalanuvchilar uchun moʻljallangan versiyalariga masʼul birlashtirilgan jamoa shakllantirilganidan soʻng, Sulaymon Microsoftʼning sunʼiy intellekt yoʻnalishiga rahbarlik qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing