Anthropic AQSh milliy xavfsizligiga tahdid deb topilgani uchun Pentagon bilan sudlashishda davom etmoqda
Kompaniya buni oʻz modellaridan harbiy maqsadlarda foydalanishni istamagani uchun oʻch olish deb hisoblaydi

Sunʼiy intellekt modellarini ishlab chiquvchi Anthropic Pentagon ustidan qoʻzgʻatilgan ishni qayta koʻrib chiqishni soʻrab, iltimosnoma kiritdi. Oʻtgan oy oxirida Vashingtondagi apellyatsiya sudi koʻpchilik ovoz bilan kompaniyaning unga AQSh xavfsizligiga tahdid maqomi berilganiga qarshi shikoyatini rad etdi.
Anthropic sud harbiylar tomonidan oʻch olinganini koʻrsatuvchi dalillarni eʼtiborsiz qoldirganini taʼkidlamoqda. Kompaniya rahbariyati avvalroq oʻz modellaridan harbiy nishonlarni tanlash va fuqarolarni kuzatish uchun foydalanishga qarshi chiqqan edi.
Avgust oyida Kaliforniya sudi Anthropic foydasiga qaror chiqargan, biroq cheklovlarni bekor qilish uchun Vashingtonda ham gʻalaba qozonish kerak edi. Vashingtondagi sud kompaniya milliy xavfsizlik uchun zarur boʻlgan Claude sunʼiy intellekt modelining funksiyalarini bloklashi mumkin, degan xulosaga kelgan. Anthropic advokatlarining taʼkidlashicha, Pentagon qonunni notoʻgʻri talqin qilib, uni faqat xorijiy agentlarga emas, barcha pudratchilarga tatbiq etgan.
Ishni qayta koʻrib chiqish haqidagi iltimosnoma boʻyicha qaror hozircha qabul qilinmagan.


