Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Google Pay Oʻzbekistonga rasman kirib keldi

Bu haqda Samarqandda oʻtkazilgan «C5+1» xalqaro sammitida maʼlum qilindi

19-oktabr, 12:55По-русски
Первоисточник — Photo by Jonas Leupe on Unsplash

Humo, Uzcard, Visa va Mastercard kartalarini tokenizatsiya qilish yakunlangach, Google Pay Oʻzbekiston moliya bozorida rasman ishlay boshladi. Kontaktsiz toʻlovlar platformasining uzoq kutilgan ishga tushirilgani haqida Google Cloud vakili Martsin Krasuski Samarqandda boʻlib oʻtgan raqamli texnologiyalar sessiyasidagi chiqishi chogʻida maʼlum qildi. Shaharda AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokidagi «C5+1» formatidagi uchrashuvlar ham oʻtkazilgan.

Toʻlov gigantining ishga tushirilishidan oldin regulyator va bank sohasi tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Respublika Markaziy banki tijorat banklari hamda Humo va Uzcard milliy toʻlov tizimlari bilan birgalikda kartalarni tokenizatsiya qilish mexanizmini avvaldan joriy etdi. Bu Google Payʼning xalqaro Visa va Mastercard kartalari, shuningdek, mahalliy infratuzilmadagi soʻmlik toʻlov kartalari bilan ishlashi uchun yagona texnik bazani yaratish imkonini berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing