Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Netflix kino boʻlinmasi rahbarini ishdan boʻshatdi

Boʻshagan lavozimga ehtimoliy nomzodlar qatorida Warner Bros. kompaniyasining sobiq rahbarlari ham tilga olinmoqda.

20-oktabr, 12:58По-русски

Bu qaror Netflix kompaniyasining turli boʻlinmalarida oʻtgan hafta qariyb 1 000 nafar xodim qisqartirilganidan keyin qabul qilindi. Oʻshanda kontent yoʻnalishi rahbari lavozimini Bela Bajariya tark etgan, uning oʻrnini Piter Rays egallashi kerak.

Boʻshagan lavozimga ehtimoliy nomzodlar qatorida Warner Bros. Motion Picture Group kompaniyasining sobiq rahbarlari Mayk De Luka va Pem Ebdi ham bor. Ularning Netflixʼdagi ehtimoliy faoliyati hozircha muhokama qilinmoqda, rasmiy eʼlon esa berilmagan.

Netflixʼdagi faoliyati davomida kino boʻlinmasi rahbari Dan Lin 88 ta filmni maʼqullagan yoki sotib olgan. U kompaniyaga oʻtishidan oldin “Lego” filmlari, Stiven Kingning “It” asari ekranizatsiyalari va Sherlok Holms haqidagi filmlar turkumi bilan tanilgan Rideback prodyuserlik studiyasiga asos solgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing