Starlink cheklovlari sabab Ukraina Qurolli Kuchlariga yetgan zarar 1 million dollarga yetdi
Aloqa uzilishlari sabab Ukraina harbiylari deyarli barcha operatsiyalarni uch kun davomida toʻxtatishga majbur boʻldi
23-oktabr, 15:56По-русски
Gap Starlinkʼning harbiy tizimi — Starshield haqida bormoqda. Manbalar Ukraina Qurolli Kuchlari umumiy qiymati kamida 1 million dollar boʻlgan oʻnlab uchuvchisiz qurilmalardan ayrilganini taʼkidlagan.
Bir nechta Gʻarb OAV Vashington cheklovlar yordamida Ukrainani Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishdan voz kechishga majburlamoqchi boʻlganini bildirgan. Materiallarning birida sunʼiy yoʻldosh aloqasining sekinlashtirilishiga kompaniya rahbari Ilon Mask tashabbus koʻrsatgani aytilgan, garchi u ilgari buni rad etgan boʻlsa-da.





