Steam rekord oʻrnatdi: 43,5 mln foydalanuvchi bir vaqtda onlayn boʻldi
Yangi choʻqqi mart oyidagi koʻrsatkichdan 800 mingga oshdi, deb xabar bermoqda SteamDB
2026-yil 11-oktabr kuni Valve platformasida bir vaqtning oʻzida 43 501 449 nafar foydalanuvchi qayd etildi. SteamDB maʼlumotlariga koʻra, haqiqiy raqam 43 505 724 nafarga yetgan boʻlishi mumkin.
Avvalgi rekord 2026-yil 29-mart kuni oʻrnatilgan boʻlib, oʻshanda Steamʼda bir vaqtning oʻzida 42 686 616 kishi boʻlgan. Soʻnggi yillarda platforma oʻsishni namoyish etdi: 2015-yilda eng yuqori onlayn koʻrsatkich 10 mln, 2020-yilda — 20 mln, 2023-yilda esa — 30 mlnni tashkil qilgan.
Oʻsha kuni Steam oʻyinlarda bir vaqtning oʻzida boʻlgan oʻyinchilar soni boʻyicha ham rekordni yangiladi: 14 464 385 kishi. Eng ommabop oʻyinlar Counter-Strike 2 (1,404 mln oʻyinchi), Dota 2 (1 mln) va PUBG: Battlegrounds (710 ming) boʻldi.
Rekord yirik tadbirlar oraligʻiga toʻgʻri keldi: kuzgi chegirmalar allaqachon oʻtib boʻlgan, oktabrdagi «Oʻyinlar boʻlsin» va «Steamdagi qoʻrquvlar 5» festivallari esa hali boshlanmagan edi.


