Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

YouTube «Yoqmadi» tugmasini yashirishni ehtimol sinovdan oʻtkazmoqda

Oʻzgarishni ayrim foydalanuvchilar servis saytida payqagan

22-oktabr, 14:00По-русски
Unsplash — Christian Wiediger

Xʼdagi kamida ikki foydalanuvchi «Yoqmadi» tugmasi uch nuqtali menyuga koʻchirilganini koʻrsatuvchi skrinshotlarni eʼlon qildi. Reddit foydalanuvchisi ham tugma odatiy interfeysdan yoʻqolganini maʼlum qildi. Oʻzgarish YouTube saytida kuzatilgan, biroq uning koʻlami hozircha nomaʼlum.

2021 yilda YouTube mualliflarni taʼqib va tazyiqlardan himoya qilishga intilayotganini bildirgan holda, dizlayklar uchun ochiq hisoblagichni olib tashlagan. Shu bilan birga, mualliflarning oʻzi hanuz dizlayk belgilarining sonini koʻrishi mumkin.

Joriy yil avvalroq servis YouTube Shortsʼdan «Yoqmadi» tugmasini olib tashlab, uch nuqtali menyudagi variantlardan foydalanishni taklif qilgan edi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing