Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Fan

Apofis asteroidida mikroblar tirik qoladimi

Olimlar osmon jismi 2029 yil aprelida Yerga yaqinlashgan paytda uning yuzasiga biologik namunalarni yuborishni rejalashtirmoqda

12-oktabr, 17:51По-русски

Moskva davlat universiteti Apofis asteroidida tajriba oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Buning uchun asteroidga mikroorganizmlar yoki sporalar joylashtirilgan germetik kamera boʻlgan qoʻnish moduli yuborilishi mumkin. Bu haqda MDU Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti direktorining oʻrinbosari Vladislav Osedlo maʼlum qildi.

Tadqiqotdan maqsad biologik obyektlar ochiq kosmos sharoitlariga — vakuum, haroratning keskin oʻzgarishi va radiatsiya taʼsiriga qanday bardosh berishini tushunishdan iborat. Olimlar ularning hayotchanligida yuz beradigan oʻzgarishlarni tahlil qilmoqchi. Loyihada kosmik fizika, astrofizika, biologiya va tibbiyot boʻyicha mutaxassislar ishtirok etadi.

MDU avval ham orbitada shunga oʻxshash tajribalarni oʻtkazgan. 2025 yil dekabrida biologik namunalar sinovdan oʻtkazilgan «NIYAF MDU-80» sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan edi. Yangi missiya Yer atrofidagi fazo chegaralaridan tashqariga chiqish imkonini beradi.

Apofis — diametri taxminan 350 metr boʻlgan, 2004 yilda aniqlangan asteroid. 2029 yil 13 aprelida u Yerga 32 000 kilometr masofagacha yaqinlashadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing