Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Yangi iPhone Duo haqidagi dastlabki sharhlar

Aftidan, dasturiy taʼminot hozircha bukiladigan konstruksiya imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olmayapti

23-oktabr, 11:25По-русски
3dnews.ru — theverge.com

iPhone Duo savdosi yaqin kunlarda boshlanishi kerak. Forumlardagi eng tanqidiy sharhda smartfon 10 balldan 7 ball oldi, uning kuchli jihatlari qatorida esa video montaj qilish va PDF hujjatlarini koʻrish alohida qayd etildi.

9to5Mac mualliflari qurilmani sezilarli ogʻirligiga qaramay, katta iPhone 18 Pro Maxʼdan foydalanish uchun qulayroq deb topdi. Ularning baholashicha, odatiy kun oxiriga kelib, akkumulyadorda taxminan 20 foiz quvvat qoladi. Biroq narx va funksional cheklovlar modelni xaridorlarning aksariyati uchun kamroq jozibador qilishi mumkin.

TechRadarʼda sharnir, ekranlar oʻrtasidagi silliq oʻtish va muvaffaqiyatli kadrlarni avtomatik tanlaydigan Smart Take funksiyasi maqtaldi. Ushbu sharhda akkumulyatorning ishlash vaqti 13–14 soatni tashkil etdi, kameralar esa yanada ijobiy baholandi: asosiy va ultra keng burchakli kameralar yorugʻlik kam sharoitlarda yaxshi suratga oladi. Kamchiliklar qatorida yuzni tanib olish funksiyasi yoʻqligi qayd etildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: The Verge, 9to5Mac, TechRadar

Yana oʻqing