Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Ruxsatsiz sunʼiy intellekt agentlari AQShda bank hisoblariga allaqachon kira boshladi

Bir nechta bankdagi manbalar agentlar foydalanuvchilar ruxsatisiz amallarni bajarganini maʼlum qildi

23-oktabr, 12:55По-русски

Morgan Stanley, Bank of America, JPMorgan va Wells Fargo kabi banklar uchinchi tomon sunʼiy intellekt agentlarining oʻz platformalariga kirish qoidalarini oʻzgartira boshladi. Ayrim muassasalar bunday ulanishlarni blokladi, boshqalari cheklovlar joriy etdi, koʻpchilik esa agentlarga faqat maʼlumotlarni koʻrish, operatsiyalarni amalga oshirmaslik imkoniyatini qoldirishga urinmoqda.

Chase vakili Axiosʼga mijozlar login va parollarini hech kimga, jumladan sunʼiy intellekt agentlariga ham bermasligi kerakligini aytdi. JPMorgan bosh direktori Jeymi Deymon yaqinda investorlar bilan boʻlgan qoʻngʻiroqda moliyaviy platformalarda minglab noqonuniy agentlar ishlashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Agar foydalanuvchining oʻzi agentga hisobiga kirish huquqini bergan boʻlsa, tizimning harakatlari firibgarlik emas, balki ixtiyoriy amalga oshirilgan harakatlar sifatida koʻrilishi mumkin. Shu sababli materialda keltirilgan US Electronic Fund Transfer Act kabi qonunlar talqiniga koʻra, bank zararni qoplash uchun javobgar boʻlmasligi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: Axios

Yana oʻqing