Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

PHP zaifliklaridan serverlarni buzish uchun allaqachon foydalanishga urinilmoqda

Bir qator mamlakatlar idoralari oʻz tizimlarini oʻchirib qoʻyishni tavsiya qilmoqda

22-oktabr, 15:28По-русски
Unsplash — Mohammad Rahmani

Google, OpenAI va Amazon tahdidlarni tahlil qilish, hujumlarni aniqlash hamda tizimlarni himoya qilish ishlariga qoʻshildi. Google sunʼiy intellekt modellari yordamida zaifliklarni oʻrgandi, ularning jiddiyligini baholadi, hujumlarni modellashtirdi va tuzatish paketlarini tekshirdi. OpenAI kompaniyasi bayonotida kritik muammolar uning sunʼiy intellekt modellari bilan ishlagan tadqiqotchilar tomonidan aniqlangani, biroq ayni imkoniyatlardan kiberjinoyatchilar ham foydalanishi mumkinligi aytildi.

Amazon kompaniyasi xabariga koʻra, MadPot monitoring tizimi ekspluatatsiya qilishga urinishlarni muammo ommaga oshkor etilishidan oldin — 17-oktabrdayoq — aniqlagan. Cloudflare ham bunday harakatlarni rasmiy eʼlon qilinishidan bir kun oldin qayd etgan va veb-ilovalar uchun xavfsizlik devorlarini ishga tushirgan.

VulnCheck kuzatuv uchun yaratilgan zaif tizimlarga Kanada va Niderlandiyadagi IP-manzillardan ulanishlar boʻlganini aniqladi. Autentifikatsiyasiz kod bajarish imkonini bergan kamida bitta ekspluatatsiya qilish urinishi Xitoyda roʻyxatdan oʻtgan manzildan amalga oshirilgan; tajovuzkor mavjud boʻlmagan yoʻlni soʻragan va 404 xatosini olgan.

Patchstack maʼlumotlariga koʻra, PHP yangilanishi chiqarilganidan keyin telemetriya faqat zondlashni koʻrsatgan, buzib kirilganiga bevosita dalillar boʻlmagan. Pinboard, Niderlandiya hukumatining qator resurslari va «Vikipediya» bilan bogʻliq ayrim xizmatlar ham vaqtincha ishini toʻxtatgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Birlamchi manba: CNBC

Yana oʻqing