Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Oʻyinlar

Tomb Raider remeyki 2027-yil 12-fevralda chiqadi

Lara Kroft atlantlar bilan jang qiladi va oltinga aylanadi

26-oktabr, 16:48По-русски

Read in English

polygon.com — Crystal Dynamics, Flying Wild Hog/Amazon Game Studios

TR30 Derby va MCM London tadbirlarida ishlab chiquvchilar Crystal Dynamics hamda Flying Wild Hog nashriyotchi Amazon Game Studios bilan birgalikda remeykdan sahnalarni namoyish etdi. Ularda ulkan Atlas bilan bogʻliq boshqotirma, atlantlar bilan janglar va Lara qirol Midas haykalining qoʻliga tekkach oltinga aylanishi aks etgan.

Remeyk original nusxaning aynan koʻchirmasi boʻlmaydi: unda Focus shkalasi, koʻnikmalar daraxti va buyumlar yasash tizimi paydo boʻladi. Lara zarba olganda yoki dushmanlarga zarar yetkazganda, shuningdek, hujumlardan qochganda shkala toʻlib boradi. U toʻlgach, vaqtni sekinlashtirish va qoʻshimcha akrobatik usullarni ochish imkonini beradi.

Oʻyin Nintendo Switch 2, PlayStation 5, Windows PC va Xbox Series X platformalarida chiqadi. Oldindan buyurtma berganlar uchun Laraning Survivor trilogiyasidagi kostyumi taqdim etiladi, deluxe va collectorʼs nashrlari esa 48 soatlik erta kirish imkonini beradi.

Crystal Dynamics 2027-yilda Tomb Raider: Catalyst oʻyinini ham chiqarishni rejalashtirmoqda. Unda Lara qadimiy sirlar va jumboqli kuchlarni uygʻotgan afsonaviy falokatdan soʻng Shimoliy Hindistonga yoʻl oladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing