Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Industriya

Microsoft 60 ming xodimiga pul kompensatsiyasi evaziga ishdan boʻshashni taklif qildi

Dastur sunʼiy intellekt infratuzilmasiga rekord darajadagi xarajatlardan keyin sarf-xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan

27-oktabr, 13:54По-русски

Read in English

2026 yil 26 oktabr kuni Microsoft kompaniyasining kadrlar boʻyicha direktori Emi Koulman AQSh, Kanada, Hindiston va Buyuk Britaniyadagi xodimlarga ichki memorandum yubordi. Unda korporatsiya shtatning bir qismiga ixtiyoriy ravishda ishdan boʻshashni, buning evaziga moliyaviy koʻmak va keyingi karyerasini rejalashtirish uchun resurslar olishni taklif qildi.

«Ixtiyoriy ketish dasturi transformatsiyaga yondashuvimizni oʻzgartirish yoʻlimizdagi muhim unsurlardan biridir: biz koʻproq moslashuvchanlikka intilyapmiz va imkon qadar xodimlarga karyerasining keyingi bosqichini rejalashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar taqdim etyapmiz», — dedi Emi Koulman.

Tashabbus taxminan 60 000 kishiga — kompaniya umumiy shtatining 27 foizidan koʻprogʻiga taʼsir qiladi. Bu rahbariyatning xarajatlarni optimallashtirish va joriy yil boshida oʻtkazilgan ishdan boʻshatishlardan keyin majburiy qisqartirishlarning yangi toʻlqinidan qochishga qaratilgan navbatdagi urinishi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Dasturda ishtirok etuvchi boʻlinmalarning 70-darajasi va undan pastdagi xodimlar, jumladan, yuqori lavozimli rahbarlar ham qatnashishi mumkin. Savdo boʻlimlari, shuningdek, qator muhandislik va korporativ funksiyalar dasturdan chiqarib tashlangan. Xodimlar qaror qabul qilish va kompaniyani 2026 yil oxirigacha tark etish uchun dekabr oyi boshigacha vaqtga ega.

Toʻlovlar miqdori Microsoftʼdagi standart ishdan boʻshash nafaqasiga oʻxshash. AQShda u kamida 60 kunlik saqlanadigan asosiy maoshni, shuningdek, ish stajiga qarab qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi: har olti oylik ish uchun maoshning 1–2 haftasi, jami 39 haftagacha.

Kompaniya Voluntary Exit Offer korporatsiya uchun yangi tajriba ekanini taʼkidladi. Boʻlinmalarning dasturda ishtirok etishi esa ularning joriy vazifalari, kadrlarga boʻlgan ehtiyoji va mijozlar oldidagi majburiyatlariga bogʻliq.

Birlamchi manba: Business Insider

Yana oʻqing