Rossiyalik muhandislar rekord xizmat muddatiga ega plazmali dvigatel yaratdi
900 Vt quvvatli plazmali qurilma tortish kuchi va solishtirma impulsini kamaytirmagan holda qariyb 2000 soat uzluksiz ishlashga bardosh berdi.

Dvigatelni MAIning Amaliy mexanika va elektrodinamika ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ishlab chiqdi. Tezlashtiruvchi soha keramik razryad kanalidan tashqariga chiqarilgan. Shu sababli tezkor zarralar oqimi kanal devorlariga zarar yetkazmaydi.
Ishlab chiquvchilarning aytishicha, qurilmaning xizmat muddati 10 mingdan ortiq yoqish va oʻchirish siklini tashkil etadi. U massasi bir necha yuz kilogramm, shuningdek bir tonnagacha va undan ortiq boʻlgan apparatlar uchun moʻljallangan. Dvigatel orbitani tuzatish, toʻqnashuvlarning oldini olish, sunʼiy yoʻldoshlarni orbital guruhlar tarkibida ushlab turish hamda xizmat muddati tugagach, ularni orbitadan tushirishni taʼminlash imkonini beradi.
Hisob-kitoblarga koʻra, qurilmaning xizmat muddati sunʼiy yoʻldoshning besh-yetti yil ishlash muddatiga mos keladi. Qurilma seriyali ishlab chiqarishga allaqachon tayyor; MAI bahosiga koʻra, uni muayyan apparatga moslashtirish taxminan yarim yil vaqt oladi.




