Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Anthropic hujjatlari sunʼiy intellekt izlariga tekshirildi

Pangram detektori Anthropicning IPO uchun topshirgan arizasidagi matnning 92 foizini inson yozgani deb topdi

27-oktabr, 18:37По-русски

Read in English

Business Insider jurnalisti Keti Notopulos Anthropic fond birjasiga chiqish uchun hujjatlarni tayyorlashda sunʼiy intellektdan foydalanganmi-yoʻqmi, shuni aniqlashga qaror qildi. Buning uchun u kompaniyaning 335 sahifalik roʻyxatdan oʻtish arizasini mashina yaratgan matn belgilarini izlaydigan Pangram servisiga tekshirtirdi.

Katta hajmdagi faylni mustaqil ravishda qayta ishlashning imkoni boʻlmadi, shu bois tahlilni Pangram servisining hammuassisi va rahbari Maks Spero oʻtkazishga yordam berdi. Tekshiruv natijasiga koʻra, servis hujjatning 92 foizini inson yozgan matn sifatida tasnifladi. Ayrim jumla va parchalarda esa u sunʼiy intellektdan foydalanilgan boʻlishi mumkinligini koʻrsatuvchi belgilarni aniqladi.

Speroning fikricha, bunday natija koʻproq yengil tahrir qilinganiga yoki ayrim jumlalarni shakllantirishda yordam olinganiga ishora qiladi. U hujjatning katta boʻlimlari toʻliq neyron tarmoq tomonidan yaratilganini koʻrsatuvchi belgilarni koʻrmadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Biroq detektorning bahosi hujjat aynan qanday yaratilganini isbotlamaydi. Qolgan 8 foiz matnni Claude yozgan, deb ham aytib boʻlmaydi: servis xato qilishi mumkin, inson yozgan matnni sunʼiy intellekt yordamida qayta ishlash esa natijaga taʼsir koʻrsatishi ehtimol.

Maqola eʼlon qilingan paytga kelib, Anthropic jurnalistning soʻroviga javob bermadi. Shu sababli tekshiruv kompaniya muayyan vositadan foydalanganini tasdiqlovchi dalil emas, balki detektor bilan oʻtkazilgan tajriba boʻlib qolmoqda.

Yana oʻqing