Acer AQShda Predator portativ oʻyin konsolini ilk bor sotuvga chiqaradi
Intel Arc G3 Extreme chipiga ega Predator Atlas 8 1-noyabr kuni 1 299,99 dollar narxda sotuvga chiqadi.
28-oktabr, 11:25По-русски

theverge.com — Acer
Qurilma 12 ta Xe3 yadrosiga ega Arc B390 grafikasi va 24 GB LPDDR5x tezkor xotira bilan jihozlanadi. Uning 8 dyuymli ekrani 120 Hz yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi, konstruksiyasida esa ikki rejimli triggerlar va TMR joystiklar mavjud. Qurilma Windows tizimida ishlaydi va Xbox Game Pass xizmatini qoʻllab-quvvatlaydi. Undan portativ konsol sifatida foydalanish yoki dok-stansiyaga ulash mumkin.
Savdolar faqat Best Buy orqali amalga oshiriladi. Doʻkon oʻtgan hafta ochgan oldindan buyurtmalar allaqachon tugagan, internet orqali buyurtmalar esa doʻkonlardagi savdolar bilan bir vaqtda yana ochiladi.





